
Dunyodagi eng qimmat burger Niderlandiyadagi “de Daltons” restoranida tayyorlanadi. Uning og‘irligi 352 kilogramm, narxi 5 ming yevro. Burgerni bir kishi yeya olmaydi.

Taom tarkibida o‘rdak tuxumidan tayyorlangan mayonez, oq truffle, pomidor, bodring, chedder pishlog‘i, ekzotik kofe qo‘shilgan barbekyu sousi, qirol qisqichbaqasi go‘shti, beluxa ikrasi va boshqa qimmat mahsulotlar bor. “Golden Boy” deb nomlangan burger asl oltin kukuni bilan qoplangan.

Restoranga kelib, bu taomni buyurtma qilgan mijozlarga bir shisha “Dom Perignon” shampan vinosi qo‘shib beriladi. Unga kamida ikki hafta avval buyurtma berib qo‘yish va oldindan 750 yevro to‘lash talab etiladi.

Ozoda Choriyeva tayyorladi.


