1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyodagi qashshoqlar soni ochiqlandi

Ularning 40 foizi urush sharoitida yashamoqda.

Dunyodagi qashshoqlar soni ochiqlandi

BMT Taraqqiyot dasturi va Britaniyaning Oksford qashshoqlikka qarshi kurashish va inson taraqqiyoti tashabbusi dunyoda qashshoqlar soni qanchaligini baholadi.

 

Hisobotga ko‘ra, jahonning 1,1 mlrd aholisi qashshoqlikda kuch kechiryapti. Ularning 40 foizi (455 mln kishi) urush alangasida qolgan, barqarorlik yo‘qolgan yoki tinchliksevarlik darajasi past mamlakatlarning aholisi.

 

“Urush-nizolar kechayotgan yurtlarda qambag‘allik darajasi ancha yuqoriligini aniqladik. Urushayotgan mamlakatlarda har uchinchi odam va undan ko‘prog‘i (34,8 foiz) qashshoq bo‘lsa, urushdan xoli mamlakatlarda har 9 kishidan biri (10,9 foiz) qashshoq ekanligini Uppsala urush maʼlumotlari dasturi tasdiqlamoqda”, — deydi tadqiqot mualliflari.

 

Dunyodagi 1,1 mlrd qashshoq aholining yarmidan ko‘pi (584 mln) — 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

 

Qashshoqlarning aksariyat katta qismi (828 mln) oddiy sanitariya sharoitlariga ham ega emas, ularning 886 mln nafari uy-joysiz, 998 mln nafarida ovqat pishirish uchun qozon tagiga yoqadigan narsa ham yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика