Xususan, QS World University Rankings doirasida 2024 yil uchun dunyoning eng yaxshi universitetlarining yillik reytingi eʼlon qilindi. Kuchli o‘nlikdagi o‘rinlarning yarmi Yevropaga to‘g‘ri keldi.
20-yil ketma-ket o‘tkazib kelinayotgan ushbu baholash 17,5 million ilmiy ish tahlili, shuningdek, butun dunyodan 240 mingdan ortiq o‘qituvchi va ish beruvchining fikr-mulohazalari asosida tashkil etilgan.
Shunday qilib, AQSHning Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) 12-yil ketma-ket eng yuqori 100 ball bilan 1-o‘rinni egallab kelyapti.
Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya) 99,2 ball bilan 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, uning mahalliy raqibi Oksford universiteti 98,9 ball bilan 3-o‘rinni egalladi.
Reytingda Garvard universiteti 98,3 ball bilan to‘rtinchi, Stenford universiteti 98,1 ball bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.
Bundan tashqari, Shveysariya oliy texnik maktabi, London universitet kolleji, Edinburg universiteti, Parij fan va adabiyot universiteti eng yaxshilar qatoridan joy oldi.


