Afg‘oniston hukumati terrorchi tashkilot aʼzolari bo‘lgan 3 ming kishiga fuqarolik berdi. Bu haqda Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda maʼlum qildi.
“Terrorchi tashkilot aʼzolariga Afg‘oniston fuqaroligini beruvchi 3 mingdan ortiq pasport berildi. Bu ushbu rejimning qay darajada xavfli ekanini yana bir bor ko‘rsatadi”, – degan vazir Dushanbedagi “Terrorizmga qarshi kurashish va terrorchilar harakatlanishining oldini olish uchun chegara xavfsizligi va chegara nazorati sohasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyadagi chiqishida.
Uning fikricha, Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy eskalatsiya nafaqat Markaziy Osiyo, balki boshqa mintaqalarga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid hisoblanadi.
Avvalroq O‘zbekiston TIV rahbari Afg‘onistonni yakkalanib qolmasligi muhimligini taʼkidlagandi.


