1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

DXX pora olayotgan mansabdorlarni qo‘lga tushirdi

Bu bo‘yicha 2 ta viloyatda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

DXX pora olayotgan mansabdorlarni qo‘lga tushirdi

 

DXX mansabdor shaxslarni ashyoviy dalillar bilan qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda “O‘zA” axborot  agentligi.

 

Namangan viloyati tumanlaridan birining fermerlar kengashi raisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tumandagi mashina traktor parkining 30 sotix yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Jizzax viloyatidagi tumanlardan birining arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i tanlov savdolarini o‘tkazish bo‘yicha viloyat komissiyasi bayonnomasiga asosan tanlov g‘olibi deb topilgan xususiy korxonaga savdo do‘koni qurishi uchun ajratilgan 56 kv.M yer maydonida tegishli ishlarni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlashda yordam berish evaziga korxona rahbaridan 3 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan puldan 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика