Bugun, 22-fevral kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining (O‘FA) navbatdan tashqari Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot prezidentligiga Oʼzbekiston davlat xavfsizlik xizmati rahbari Qurbonov Bahodir Nizomovich prezident etib saylandi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov yanvar oyida lavozimidan ketgandi. Assotsiatsiya nizomiga binoan, Kongress o‘tkazilgunga qadar O‘FA prezidenti vazifalari O‘FA birinchi vitse-prezidenti — Ravshan Ermatov zimmasiga yuklatilgan edi.


