1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

DXX Telegram kanallari orqali narkotika sotgan 20 nafar shaxsni qo‘lga oldi

Kanal administratori har bir topshiriq uchun ularga 300-500 AQSH dollari miqdorida pul bergan.

DXX Telegram kanallari orqali narkotika sotgan 20 nafar shaxsni qo‘lga oldi

 

Yunusobodda yashovchi fuqaroni ovloq joyda do‘pposlagan 3 nafar shaxs DXX tomonidan ushlangan.

 

Aniqlanishicha, bezorilik sodir etgan shaxslar va jabr ko‘rgan fuqaro ham aslida Telegram messenjerida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal aʼzosi bo‘lishgan.

 

Yaʼni, jabrlangan fuqaro kanal administratori topshirig‘iga ko‘ra, muqaddam belgilangan joyga yashirib ketilgan narkotikni xaridorlarga yetkazib berish o‘rniga uni o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olgan.

 

Hozirga qadar bu kabi egasini aldab, narkotiklarni o‘zlashtirib olgan ko‘plab “zakladchik”lar jazolash bilan shug‘ullanuvchi 17 nafar shaxslar tomonidan ayovsiz kaltaklangan va bu jarayonlar tasvirga olinib, topshiriq bajarilgani hisoboti tariqasida kanalga joylashtirilgan. Kanal administratori har bir topshiriq uchun ularga 300-500 AQSH dollari miqdorida pul bergan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика