Namangan shahrida yashovchi fuqaro mavsumiy ishlash maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga borib, tikuvchilik sexida ishlashi davrida internet orqali “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti sobiq yetakchisi “Abu Saloh”ning maʼruzalarini muntazam tinglashi natijasida unda ekstremistik qarashlar shakllangan.
So‘ngra u “Tavhid va jihod katibasi” jangarilari safiga qo‘shilish maqsadida internet orqali mazkur tashkilotning 2 nafar aʼzosi bilan tanishib, ularning yo‘l-yo‘riqlari asosida 2021 yilning yanvar oyida Suriya davlatiga o‘tgan.
U yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti joylashgan hududni qo‘riqlash bilan shug‘ullangan.
DXX tomonidan bu shaxs 2022-yilning iyun oyida O‘zbekistonga olib kelindi.


