"Real Madrid" hujumkor yarim himoyachisi Eden Azarni yozda sotishi mumkin. Bu haqda "Marca" xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Madrid klubi vinger Garet Beyl, himoyachi Marselo va yarim himoyachi Isko bilan tugaydigan shartnomalarni uzaytirmaydi.
Shuningdek, "qaymoqranglilar" vinger Eden Azarni sotishga urinib ko‘rishi mumkin. Marko Asensioning kelajagi ham shubha ostida.
Madridning "Real" klubi himoyachi Xesus Valexo, yarim himoyachi Dani Sebalyos va hujumchi Mariano Diasning ham jamoani tark etishini kutmoqda.


