Avaz Oxun 2019-yilning may oyida egizak qiz farzandli bo‘lgan. U hozircha farzandlarini omma e’tiboriga "ko‘z-ko‘z" etganicha yo‘q.
Taniqli aktrisa Yulduz Xamidovaning ham egizak qiz farzandlari bor. Ayni paytda aktrisa qizlarining o‘qishi sababli AQSHda, ular bilan birga yashaydi. Aktrisa egizak qizlarini 2020-2021 yillarda turmushga uzatgan.
Aktyor va teleboshlovchi, "Aristokratlar" guruhi a’zosi Diyorbek Begjonov 2019-yilda egizak qiz farzandli bo‘lgan. Uning egizaklari hozir ikki yoshda.
Xonanda Ulug‘bek Holiqovning bir o‘g‘il, bir qiz egizaklari bor. Xonanda bu haqida o‘zining Instagram sahifasida xabar bergan.
Taniqli xonanda Rayhon Gʻaniyevaning Imron va Islom ismli egizak o‘g‘il farzandlari bor.
Aktrisa Yodgora Ziyomuhammedovaning ham egizak qizlarning onasi. Ular ham onasining yo‘lidan ketgan — “Tomosha” guruhida raqs sahnalashtiradi.
"Dizayn" guruhining a’zosi, qiziqchi Abdurahmon Mavlonov ham egizak o‘g‘il farzandlarning otasi. Bu haqda qiziqchi o‘zining Instagramdagi sahifasi orqali e’lon qilgan.


