Unga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
— asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;
— teri-ko‘nchilik, parrandachilik fabrikalari;
— samaradorligi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mir yoqish;
— qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;
—xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.
Shuningdek, Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda mahalliy hokimliklar 2025-yil 1-oktyabrgacha atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan obyektlarni va energiya sarfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardagi mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilgan holda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan bosqichma-bosqich ko‘chirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


