1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ekspert: Yevropa energetika sohasida eng og‘ir ssenariyga tayyor turishi kerak

Energetik resurslar narxi so‘nggi besh yilda 10 barobar qimmatlashgani maʼlum qilindi.

Ekspert: Yevropa energetika sohasida eng og‘ir ssenariyga tayyor turishi kerak

 

Yevropa energetik inqiroz oqibatlarini yumshatish uchun 280 milliard yevro ajratdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi

 

Unda sentyabr oyidagi barcha assignatsiyalar qamrab olingan. Pullarning bir qismi hali ishlatilmagan.

 

"Narxlar butun qish davomida yuqoriligicha qoladi. Hukumatlar eng og‘ir ssenariyga tayyor turishi kerak. Ular zarur nuqtalarda energiyaga talabning pasayishiga harakat qilishi lozim", — degan Brugel tahlil markazi eksperti Jovanni Sgaravatti.

 

So‘nggi besh yilda Yevropada energetik resurslarning narxi 10 barobarga qimmatlashdi. O‘z navbatida asosiy yetkazib beruvchi bo‘lgan Rossiya YеIga neft va gaz eksportini qisqartirmoqda.

 

Avvalroq Germaniya kansleri energetik inqiroz bir yil avval boshlanganini aytgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика