Bugun, 1 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati va 2024 yilgi 1-stipendiya tanlovining yakuni” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Qayd etilishicha, har yili Jamg‘arma tomonidan eʼlon qilinadigan ochiq stipendiya tanlovlarida vazirliklar va idoralar mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, asosan, yoshlar faol ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, 2018 yil davomida 378 nafar, 2019 yil davomida 600 nafar, 2020 yil davomida 15 nafar (pandemiya davri), 2021 yil davomida 266 nafar hamda 2022 yil davomida 480 nafar, 2023 yilda 274 nafar (2024 yil 14 oktyabr holatiga 411 nafar tanlab olindi), jami 2425 nafar iqtidorli va istiqbolli yoshlar hamda soha mutaxassislarini “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati sifatida xorijdagi rivojlangan davlatlarning taʼlim muassasalari va ilg‘or kompaniyalarida taʼlim olishi va stajirovka o‘tashi tashkil etilmoqda.
.webp)
Ayni vaqtda 550 nafar stipendiatlar AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarda bakalavriat, magistratura, ordinatura hamda doktorantura dasturlarida o‘qishlarini davom ettirmoqda.


