1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 272 o‘rinli stipendiya tanlovini eʼlon qiladi

Ma'lum qilinishicha, saralash bosqichlari 2021-yil 20-avgustdan – 20-sentyabrga qadar davom etadi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 272 o‘rinli stipendiya tanlovini eʼlon qiladi

 

Mamlakatning innovatsion salohiyatini yana-da rivojlantirishni maqsad qilgan, kreativ fikrlaydigan yoshlar, isteʼdodli professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, pedagoglar va mutaxassislar diqqatiga!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2021-2022 o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy davlatlarda:

- bakalavriat taʼlim dasturi uchun 69 o‘rin;

- magistratura taʼlim dasturi uchun 112 o‘rin;

- doktorantura taʼlim dasturi uchun 91 o‘rin;

-jami 272 o‘rin stipendiyalar ajratishini maʼlum qiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2021-yil 20-iyuldan – 20-avgustga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2021-yil 20-avgustdan – 20-sentyabrga qadar davom etadi.

Saralash tanloviga oid barcha maʼlumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil eʼlon qilib boriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика