1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 70 taga oshgan

Yanvar oyida O‘zbekistonga qiymati 3,1 millionga teng elektromobillar keltirilgan.

Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 70 taga oshgan

 

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar oyida O‘zbekiston 3 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,1 millionga teng bo‘lgan 122 ta elektromobil import qilgan.

 

O‘tgan oyda “elektrokar"lar O‘zbekistonga asosan Xitoydan olib kelingan:

 

Xitoy — 119 ta

Estoniya — 2 ta

Germaniya — 1 ta

 

O‘zbekistonda elektromobillar importiga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish maqsadida imtiyozlar joriy etilgan, avtoulovlar bojxona to‘lovlari, aksiz solig‘i va avtotransport bojlari to‘lashdan ozod etilgan. Shuningdek, Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan elektromobillar uchun maxsus “yashil” raqamlar berila boshlandi. Kelgusida ular shaharlarning markaziy qismlariga kirishda, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish va texnik ko‘rikdan o‘tishda imtiyozlar berilishi kutilmoqda.

 

Infratuzilma talab bilan birga rivojlanadi. Plugshare maʼlumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 33 ta elektr stansiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Baʼzi kompaniyalar buni o‘z profilining bir qismi sifatida amalga oshiradilar (Tok Bor, Megawatt Motors), boshqalari uchun bu qo‘shimcha xizmatdir (Makro).

 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ular orasida “O‘zavtosanoat” korxonalarini elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazish loyihasi ham bor.

 

Hozircha amalga oshirishga eng yaqin narsa bu Farg‘onadagi loyiha bo‘lib, sentyabr oyida eʼlon qilingan edi. Sinov partiyasi dekabr oyida konveyerdan chiqariladi va seriyali ishlab chiqarish 2022-yilda boshlanishi vaʼda qilingan. Zavod yiliga 10 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarishi rejalashtirilmoqda.

 

Bundan tashqari, “O‘zavtosanoat” elektromobil ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. BYD Xitoyda eng ko‘p elektromobil ishlab chiqaradi — u dunyoda Teslaʼdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика