1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Elektromobillar 7 yilga bojxona bojidan ozod etiladi

Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi.

Elektromobillar 7 yilga bojxona bojidan ozod etiladi

 

Bugun, 19-dekabr “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

 

Qarorga ko‘ra, elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlar hamda ichki yonuv dvigateli va tashqi elektr manbai orqali zaryadlanuvchi elektr motori yordamida harakatlanuvchi transportlarni sanoat usulida ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi.

 

2030 yil 1 yanvargacha respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar utilizatsiya yig‘imidan ozod etiladi.

 

Xorijdan olib kelinadigan elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari, xomashyo va materiallar, uskunalar va texnologik jihozlarni, shu jumladan, servis xizmati ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod etiladi.

 

Respublikada ishlab chiqarilgan va ichki bozorda sotilgan, elektromobil va gibrid avtomobillarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan BHMning 1200 baravaridan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kredit muddatining dastlabki 36 oyi davomida kompensatsiya to‘lanadi.

 

Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchilar 2030 yil 1 yanvargacha litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

 

2023 yil 31 yanvargacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshida Elektromobillar va ularning infratuzilmasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика