1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Emmanuel Makron siyosatdan ketgach, nima bilan shug‘ullanadi?

Fransiya rahbari bu savolga javob berdi.

Emmanuel Makron siyosatdan ketgach, nima bilan shug‘ullanadi?

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron siyosiy faoliyatini tugatgach, yozuvchi bo‘lishini maʼlum qildi.

 

“Mening butun hayotim adabiyot bilan bog‘langan. Faoliyatim boshqa sohalarda bo‘lganda ham, yozuvchi bo‘lishni istaganman. Hozirda men bu ish bilan shug‘ullana olmayapman”, – degan u Le Point jurnaliga bergan intervyusida.

 

Shuningdek, Makron bo‘sh vaqtini kitob o‘qish va oilasi bilan muloqotga bag‘ishlashini taʼkidlagan.

 

Avvalroq Makron va Marin Le Pen Fransiya prezidentlik saylovida ikkinchi turga o‘tgani to‘g‘risida xabar qilingandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика