
Maʼlumotlarga ko‘ra, nominatsiyalar soniga ko‘ra “Toj” va “Mandaloriyalik” seriallari yetakchilik qilmoqda — ular 24 ta yo‘nalish bo‘yicha mukofotga nomzod hisoblanadi. Ularning ortidan nominatsiyalar soni bo‘yicha “Vanda/Vijn” seriali (23 ta), «Joriya hikoyasi» (21 ta) va Saturday Night Live (21 ta) shousi o‘rin olgan.
Platformalar o‘rtasida yetakchilik HBO/HBO Max‘ga tegishli bo‘lib, uning loyihalari 130 ta nominatsiyada taqdim etilgan, undan keyingi o‘rinda Netflix joylashgan — 129 ta. Disney+ da 71 ta, NBC esa 46 ta nominatsiyaga daʼvogarlik qilmoqda.
«Eng yaxshi dramatik serial» uchun — “Yigitlar”, “Toj”, “Mandaloriyalik”, «Joriya hikoyasi», “Brijertonlar”, «Lavkraft mamlakati» va «Bu biz»;
«Eng yaxshi mini-serial» uchun — «Qirolicha yurishi», “Vanda/Vijn”, «Men seni yo‘q qila olaman», «Isttaunlik Meyr» va «Yerosti temir yo‘li»;
«Eng yaxshi komedik serial» uchun — «Emili Parijda», «Kominski usuli», «Kay kobra», “Styuardessa”, «Ted Lasso», «Qora komediya», «Pen 15» va “Ayyorliklar” seriallari nomzodlik qilmoqda.
«Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa» nomiga Oliviya Kolman va Emma Korrin (ikkisi ham “Toj” seriali), Uzo Abuda (“Bemorlar”), Elizabet Moss («Joriya hikoyasi»), Emjey Rodrigez (“Holat”), Jerni Smollett («Lavkraft mamlakati») kabi aktrisalardan biri sazovor bo‘lishi mumkin.
«Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor» nomiga esa Josh O‘Konnor (“Toj”), Billi Porter (“Holat”), Sterling Braun («Bu biz»), Rege-Jan Peyj (“Brijertonlar”) a Mettyu Riz («Perri Meyson») daʼvogarlik qiladi.
«Komedik serialdagi eng yaxshi aktrisa» nomiga Eydi Brayant (“Mahmadona”), Keyli Kuoko (“Styuardessa”), Ellison Jenni (“Onaxon”), Treysi Ellis Ross («Qora komediya») yoki Jin Smart (“Ayyorliklar”) kabi aktyorlardan biri sazovor bo‘lishi mumkin.
«Komedik serialdagi eng yaxshi aktyor» nomiga esa Entoni Anderson («Qora komediya»), Maykl Duglas («Kominski usuli»), Uilyam X. Meysi (“Hayosizlar”), Jeyson Sudeykis («Ted Lasso») yoki Kenan Tompson («Kenan shousi») daʼvogarlik qiladi.
Emmi — Amerikaning televizion mukofoti bo‘lib, “Oskar”ning televizion ekvivalenti hisoblanadi. U 1946 yilda asos solingan Televizion sanʼat va fan akademiyasi tomonidan topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda «Eng yaxshi dramatik serial» nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik “Vorislar” serialiga nasib etgan, mazkur serial qahramoni Jeremi Strong esa «Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgandi.


