1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi 1 ta pasportga 1 bank kartasi beriladimi?

Markaziy bank tarmoqda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Endi 1 ta pasportga 1 bank kartasi beriladimi?

Maʼlum qilinishicha, bitta jismoniy shaxsga bitta bank kartasi berilishi bo‘yicha meʼyorlar o‘rnatilayotganligi to‘g‘risida axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 

Qayd etilishicha, bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida jismoniy shaxslarga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirish maqsadida banklar tomonidan bitta jismoniy shaxsga (bitta JSHSHIRga) kartalar sonini (virtual va kobeydjing kartalarini inobatga olgan holda) vaqtinchalik bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

 

Bunda ushbu talab chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘zda tutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика