1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi ayrim tadbirkorlar foyda solig‘ini yarmini to‘laydi

Tadbirkorlarning 3 yil davomida 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘lashi belgilandi.

Endi ayrim tadbirkorlar foyda solig‘ini yarmini to‘laydi

 

"Huquqiy axborot" Telegram kanalining ma’lum qilishicha “O‘zbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra,

  • davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan yer uchastkalarini kompleks turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlarga ajratiladi.

 

Ekohududlarda joylashgan yer uchastkalari ularning toifasi o‘zgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga "E-auksion" orqali faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga beriladi.

 

2024 yil 1 sentyabrgacha “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.

 

2027 1 yanvargacha:

— cho‘l hududlarida rekreasion turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pansionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlar 3 yil davomida foyda solig‘ini va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;

— cho‘l hududlarida tematik xiyobonlarni tashkil qilgan yuridik shaxslar tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran 3 yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика