1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Endi chet tili o‘qituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat so‘raladi — XTV

Ayrim hududlarda chet tili fani o‘qituvchilarining umumtaʼlim maktablariga ishga qabul qilinishida muammolar yuzaga kelishi kuzatilmoqda.

Endi chet tili o‘qituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat so‘raladi — XTV

 

Yangi ishga kirayotgan chet tili o‘qituvchilariga V2 darajadagi sertifikat talabi 2023/2024 o‘quv yilidan kiritiladi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab davlat taʼlim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim edi.

 

Shunga ko‘ra, ayrim hududlarda chet tili fani o‘qituvchilarining umumtaʼlim maktablariga ishga qabul qilinishida muammolar yuzaga kelishi va o‘qituvchilarning yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

 

“Ko‘plab murojaatlarni inobatga olib, shuningdek, maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayoni davomiyligini taʼminlash maqsadida Hukumat tomonidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan cheti tili fani o‘qituvchilarining ishga qabul qilinmasligi xususidagi talab 2023/2024 o‘quv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berildi”, deyiladi xabarda.

 

Xalq taʼlimi vazirligi o‘qituvchilardan maktablarda taʼlim sifati va pedagoglarning bilimiga belgilangan talablarga to‘liq javob berish uchun o‘z ustida ishlash va malakani oshirish choralarini ko‘rishini so‘ramoqda.

 

Maʼlumot uchun, 2024/2025 o‘quv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani o‘qituvchisi V2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘z navbatida S1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar ham ayni vaqtda oylik ish haqlarini 50 foizga oshirish imkoniyatiga ega.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика