1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi mahkumlar ham pilla yetishtirishda ishtirok etadi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi hamda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida memorandum imzolandi.

Endi mahkumlar ham pilla yetishtirishda ishtirok etadi

 

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 fevraldagi «Ipakchilik tarmog‘ini yana-da rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida joriy yilgi bahorgi pilla yetishtirish mavsumidan boshlab, tajriba tariqasida pillachilik klasterlari hamda Bo‘ka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari o‘rtasida pilla xomashyosini yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish ko‘zda tutilgan

 

Shunga ko‘ra, memorandum doirasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni qo‘lda ipak va jun gilam hamda ipak mato to‘qish yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash va ularga shartnoma asosida dastgohlar yetkazib berish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, pillachilik korxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari o‘rtasida pilla yetishtirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика