1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Endi maktablarda namunali o‘quvchining ota-onasi rag‘batlantiriladi

15:13 / 05.04.2022

1.5k

Endi maktablarda namunali o‘quvchining ota-onasi rag‘batlantiriladi

Endi maktablarda namunali o‘quvchining ota-onasi rag‘batlantiriladi

Bu haqda Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

 

Bugun, 5-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

 

Unda namunali o‘quvchining ota-onasiga minnatdorchilik xati va sovg‘alar topshirib borishni tizimli yo‘lga qo‘yish kerakligi, har chorakda eng namunali ota-onalarni rag‘batlantirib, ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish muhimligi aytildi.

 

Shuningdek, viloyat hokimlariga yuqori koeffisiyentli 120 ta maktabda o‘qish sharoitini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash topshirildi.


Ular 1 avgustga qadar 960 ta maktabni kompyuter sinfi bilan ta’minlash, 740 tasini jihozlash ishlarini yakunlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика