Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:
quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:
masʼuliyati cheklangan jamiyatlar;
aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
MCHJning taʼsis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
MCHJning vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;
MCHJda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.
2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha masʼuliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi.
2023-yil 1-apreldan:
MCHJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas;
yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi.
2023-yil 1-iyuldan xo‘jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da eʼlon qilinadi.


