1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi navbat selga: “O‘zgidromet” shoshilinch axborot bilan chiqdi

Respublikaning 9 viloyati tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi eʼlon qilinmoqda.

Endi navbat selga: “O‘zgidromet” shoshilinch axborot bilan chiqdi

 

Aytilishicha, 31-yanvar va 1-2-fevral kunlari O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

 

31-yanvar va 1-2-fevralda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

 

1-2-fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

31-yanvar va 1-2-fevralda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, shuningdek, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevral kunlari baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuchli bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика