Senatorlar “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi”gi qonun loyihasini maʼqulladi.
Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarning odil sudlovga kirishi, saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, shuningdek, taʼlim olish huquqlarini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Senatorlarning fikricha, mazkur Qonun inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


