1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi noqonuniy migrantlar Rossiya banklaridan foydalana olmaydi

Mamlakatda noqonuniy migrantlar reyestri tuzilmoqda.

Endi noqonuniy migrantlar Rossiya banklaridan foydalana olmaydi

Rossiyadagi noqonuniy migrantlar banklardan foydalana olmaydi, turmush qura olmaydi va bolalarini maktabga bera olmaydi. Bu haqida mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

“Rossiya hukumati mamlakatdagi noqonuniy migrantlar reyestrini tuzmoqda”, — deya maʼlum qildi mamlakat ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, reyestrga kiritilgandan so‘ng xorijliklar transport vositalarini haydash, bank xizmatlaridan foydalanish, mulkni ro‘yxatga olish, nikoh tuzish va bekor qilish, bolalarini bog‘cha va maktablarda ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.

 

Ro‘yxatga olish kitobi qachon yaratilishiga aniqlik kiritilmadi.

 

Bir kun avval mamlakat Ichki ishlar vazirligi Rossiya migratsiya tizimida 6 milliondan ortiq xorij fuqarosi ro‘yxatga olinganini maʼlum qilgandi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich kamida 8,5 milliontani tashkil qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика