1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Endi o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalanadi

Senatda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Endi o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalanadi

 

Deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qilishdi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

 

Taʼkidlanishicha, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining yig‘ishlarida tegishli vazirlik-idoralar vakillari, soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan moddama modda ko‘rildi, takomillashtirildi va qator muhim o‘zgartirishlar kiritilib, maromiga yetkazildi.

 

“Qonun loyihasida pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, ular faoliyatining asosiy kafolatlari, ularning mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilanmoqda”, - deyilgan xabarda.

 

Qonun loyihasi bilan pedagogning shaʼni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida muayyan mansabdor shaxsning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi, ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirilishi va biriktirilgan mazkur pedagogga qo‘shimcha haq to‘lanishi kabi kafolatlar ham mustahkamlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика