1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi O‘zbekiston bayrog‘ini uyga osib qo‘yish mumkin bo‘ladi

Bu bo‘yicha Prezident parlamentga taklif kiritdi.

Endi O‘zbekiston bayrog‘ini uyga osib qo‘yish mumkin bo‘ladi

 

O‘zLiDePning bugungi qurultoyida partiyadan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev, jumladan, O‘zbekiston bayrog‘idan erkin foydalanish zarurati to‘g‘risida ham to‘xtaldi.

 

Amaldagi prezident davlat bayrog‘idan faqat bayram va marosimlarda yoki sport musobaqalarida ko‘tarishda foydalanilayotgani, endilikda esa uning har bir xonadonda hilpirab turishiga ruxsat beruvchi hujjatni qabul qilish vaqti yetganini taʼkidlagan.

 

“Parlamentdagi deputat va senatorlardan bu boradagi hujjat loyihasini qabul qilishda bugungi hayotiy zaruratni ham eʼtiborga olishlarini so‘rar edim”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика