1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi O‘zbekistonni vertolyotda kezish mumkin

Respublikaning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab vertolyot xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Endi O‘zbekistonni vertolyotda kezish mumkin

 

Respublikaning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab vertolyot xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Turzm va madaniy meros vazirligi maʼlum qildi.

 

"Uzbekistan Helicopters" MCHJ vakillari Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdi.

 

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi "Uzbekistan Helicopters" o‘rtasida Jizzax viloyatining diqqatga sazovor joylari bo‘ylab vertolyotda sayohatlarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolangan.

 

“Yaqin kunlarda nafaqat Jizzax viloyatining balki respublikamizning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab qulay, zamonaviy va tezkor vertolyot xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

 

"Uzbekistan Helicopters" vakillari viloyatda vertolyot qo‘nish maydoni, marshrutlari va joylarini o‘rganish ishlarini olib borishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика