1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi qoidabuzarliklar haqidagi xabarnoma ishonchnomasi bo‘lgan haydovchiga keladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli Farmoni qabul qilindi.

Endi qoidabuzarliklar haqidagi xabarnoma ishonchnomasi bo‘lgan haydovchiga keladi

 

Prezidentning tegishli Farmoni bilan yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini «shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun» g‘oyasi asosida isloh qilish maqsadida joriy yilning 1 dekabridan boshlab transport vositasining egasiga transport vositasini boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxs bilan birgalikda tegishli huquqni belgilovchi hujjatni (ishonchnoma va boshqalar) taqdim etgan holda, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarini transport vositasini boshqarish huquqini o‘tkazganligi haqida xabardor qilish huquqi berilmoqda

 

Bunda, xabarnoma olingan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish hamda ushbu transport vositasida sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish tartibi joriy etilishi belgilanadi.

 

Shuningdek, 2023 yil 1 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика