Qozog‘istonda yangi o‘quv yilidan boshlab birinchi sinf o‘quvchilari rus va ingliz tillarini o‘rganmaydi. Bu haqda Qozog‘iston ta’lim vaziri Asxat Ayagambetov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, maxsus tadqiqotlar natijalari birinchi sinf o‘quvchilari uchun bir vaqtning o‘zida uchta tilni o‘rganish qiyinligini ko‘rsatgan. Shu munosabat bilan ta’lim davlat tilida olib boriladigan maktablarda darslarni faqat qozoq tilida olib borish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shu bilan birga, rus tilidagi maktablarda qozoq va rus tillari o‘qitilishi davom ettiriladi.
Ingliz tilini o‘rganish uchinchi sinfdan boshlab yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.


