1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi ruxsatsiz diniy ta'lim berganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi

Senat noqonuniy diniy ta’limni cheklovchi qonunni qabul qildi.

Endi ruxsatsiz diniy ta'lim berganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi

 

Senat tomonidan vоyaga yetmaganlarga ruxsatsiz diniy ta’lim berganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ma’qullandi. Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.

 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 229-2-moddasiga yangi bandlar kiritilib, diniy tashkilot boshqaruvi yoki markaziy organining roziligisiz, shuningdek maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarning voyaga yetmaganlarga diniy ta’lim berishi qonun bilan taqiqlanmoqda.

 

Qonunga ko‘ra, bunday harakatlar quyidagicha jazolanadi:

  • 50 baravardan 100 baravargacha BHM miqdorida jarima;
  • 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
  • 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash;
  • 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi.

 

Senatorlar bu qonun yoshlarning ruhiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, diniy ta’limni tartibga solish hamda ekstremizmning oldini olishga xizmat qilishini qayd etdi.

 

Qonun endilikda prezident tomonidan imzolanishi uchun taqdim etilgan. Imzolangach, u qonuniy kuchga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика