1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi soxta tabiblar ham javobgarlikka tortiladi

SSV bu bo‘yicha taklif kiritilganini maʼlum qildi.

Endi soxta tabiblar ham javobgarlikka tortiladi

Zamonaviy tibbiyot ilmiy asoslangan va klinik amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan natijalarga suyansa, xalq tabobati uzoq yillik kuzatuv, sinov va tajriba samaralariga tayanadi.

 

Biroq so‘nggi vaqtlarda tegishli huquqqa ega bo‘lmasdan, ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash bilan shug‘ullanayotgan hamda bu orqali insonlar sog‘lig‘i va hayotiga xavf tug‘dirayotgan soxta tabiblar ko‘payayotgani achinarli.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi direktori Jamshid Mirrahimov turli yo‘llar bilan odamlar ishonchiga kirib, shunday “xizmat”larni taklif qilib kelayotgan ayrim shaxslar haqida munosabat bildirdi.

 

IJtimoiy tarmoqlar bu kabi shubhali xizmatlarni keng targ‘ib qiluvchi platformaga aylanib qoldi, — deydi mutaxassis. — Ularning asosiy auditoriyasi ham, mijozlari ham asosan og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz.

 

Turli xastaliklardan tez, oson, asoratsiz, muhimi, tabiiy yo‘l va uy sharoitida xalos bo‘lishni istaganlar “g‘ayritabiiy qobiliyatlarga ega”ligini iddao qilayotgan bunday kimsalarga murojaat qilib, aldanib qolishmoqda.

 

Masalan, yaqinda IJtimoiy tarmoqlarda ayrim kasalliklarni davolashda chuvalchang isteʼmol qilish foydali ekanligini targ‘ib qiluvchi videolavhalar tarqaldi.

 

Unda xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan “tabib” tomonidan odamlarni o‘z tavsiyalariga ishontirish uchun tirik holatdagi chuvalchangni isteʼmol qilib ko‘rsatishi aks etgan.

 

Avvalo, bunday xatti-harakat sanitariya holatiga zid. Qolaversa, ushbu “davolash usuli” tabobatda ham, zamonaviy tibbiyotda ham asoslanmagan.

 

Videodagi jonzot yer chuvalchangi yoki yomg‘ir chuvalchangi deb ataladi. U tuproqdagi har xil parazit va mikroelementlar bilan organizmga tushgach, turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Hozirda azkur masala bo‘yicha qonunchilikka alohida javobgarlik kiritish taklif etilmoqda.

 

Maʼlumot uchun: ayni paytda O‘zbekistonda 100 ta tadbirkorlik subyektiga xalq tabobati yo‘nalishida faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyalar berilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика