1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Endi sunʼiy intellekt saratonga tashxis qo‘ya oladi

Shved olimlari bu bo‘yicha tadqiqot olib bordi.

Endi sunʼiy intellekt saratonga tashxis qo‘ya oladi

Saraton xastaligi ko‘pincha kech bosqichda aniqlanadi. Xavfli o‘smalar deyarli butun tanani egallab, metastazlar ichki organlar bo‘ylab tarqalganda esa bemorni davolash jarayoni yana-da murakkablashishi, tabiiy.

 

Shu sababli hozir dunyo olimlari bu muammo yechimini topish uchun izlanishda. Tadqiqotlar davomida, avvalo, saraton tashxisi samaradorligini oshirish ustida ish olib borilyapti.

 

Shvetsiyaning Gyotenborg universiteti olimlari bu ezgu maqsad sari ancha yaqinlashdi. Mazkur jarayonda mass-spektrometriya usulidan foydalanish ijobiy natija berishi maʼlum bo‘ldi.

 

Mutaxassislar izohiga ko‘ra, bu usul glikanlar deb ataladigan hujayralardagi shakar molekulalarining murakkab tuzilmalarini tahlil qilish orqali kasallikni aniqlash imkonini beradi.

 

Biroq ushbu jarayonda olingan maʼlumotlarni uzoq vaqt va ehtiyotkorlik bilan o‘rganish talab etiladi. Bu esa qator muammo va qiyinchiliklarga sabab bo‘lib kelayotgandi.

 

Shved olimlari masala yechimiga innovatsion yondashuv zarurligini anglab yetdi. Shu tariqa tibbiy maʼlumotlar tahlilini o‘zlari yaratgan sunʼiy intellekt, yaʼni Candycrunch deb nomlangan dasturga ishonib topshirishni taklif qildi.

 

Mazkur ishlanma orqali 90 foiz aniqlikka erishish mumkinligi aytilmoqda. Buning uchun sunʼiy intellekt shakar molekulalarining parchalanishi va tuzilishiga doir 500 mingdan ortiq namunalarni o‘z ichiga olgan maʼlumotlar bazasi asosida o‘rgatildi.

 

Sinovlar davomida tasdiqlanishicha, yuqori aniqlikdagi tashxis natijalarini olish uchun bir necha soniya kifoya qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика