1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi tuman va shaharda “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Maktablarda saboqlar sifatini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda.

Endi tuman va shaharda “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Unga ko'ra, musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu yoʻnalish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, oʻqituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

 

“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy taʼlim muassasalarining musiqa va sanʼat yoʻnalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.

 

Jismoniy tarbiya fani boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqilib, oʻquv dasturlari takomillashtiriladi. Ushbu fan oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Kelgusi oʻquv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich hamma joyda maktab sport klublari tashkil etiladi. Bu yoʻnalishda ham oʻqituvchilarga toifa berishning yangi tartibi, maktablarning sport boʻyicha reyting tizimi ishlab chiqiladi.

 

Endi chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik oʻqituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga oʻtadi. Endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi.

 

Mazkur fan boʻyicha yangi oʻquv dasturi va darsliklar yaratiladi. Har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика