1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Endi vaksina olmagan xodimlar ishdan chetlatilishi mumkin

Emlanishdan bosh tortgan xodimga Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo qo‘llaniladi.

Endi vaksina olmagan xodimlar ishdan chetlatilishi mumkin

 

Qayd etilishicha, karantin  holatida hamda odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lganda, shifokorning qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ish faoliyati bilan shug‘ullanishiga qarshilik ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. Bunday imtiyoz  Mehnat kodeksining 113-moddasida belgilangan.

 

Shuningdek, ish beruvchi emlashdan o‘tish majburiyati yuzasidan kasaba uyushma bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlarga qo‘shimcha kiritilishi kerak. Agar ishdan chetlashtirish bo‘yicha buyruq chiqarishdan avval xodimdan emlashni rad etish bo‘yicha yozma ariza olinmasa va undan bosh tortsa, holat yuzasidan dalolatnoma tuziladi.

 

Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik tadbir 3 oydan ortiq bo‘lmasligi shart.

 

Xodim ishdan chetlashtirilgan vaqti uchun  unga ish haqi hisoblanmaydi.

 

Xodim ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa, ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi to‘xtatilishi yoki xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra profilaktik emlashdan o‘tishni rad etadigan qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lganda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq xodim masofaviy ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.

 

Maʼlumot o‘rnida: “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida  “emlash.uz” axborot tizimiga integratsiya orqali ish beruvchilarning shaxsiy kabinetida “Koronavirusga qarish emlanganlar soni” va “Koronavirusga qarshi emlanmagan xodimlar ro‘yxati” mavjud.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanmaganlarga qatʼiy chora ko‘rish boshlangani hamda  O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlangan ishchi-xodimlarga mukofot berilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

        

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика