Qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida:
- 2024-yil 1-yanvardan aholiga yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan avtomototransportlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- Bunda ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi;
- 2024 yil 1 martdan notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.


