1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish monitoring qilinadi

Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli nizomi tasdiqlandi.

Endi yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish monitoring qilinadi

 

Nizomga ko‘ra, qishlok xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari hamda tog‘-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan yerlar – yer degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish obyekti hisoblanadi.

 

Yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid maʼlumotlar “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.

 

Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga ko‘ra yer maydonlari degradatsiyasi darajasi quyidagicha baholanadi:

 

  • yerning tuzilishi buzilmagan;
  • antropogen taʼsirda buzilgan;
  • degradatsiyaga uchramagan;
  • kuchsiz degradatsiyalangan;
  • o‘rta degradatsiyalangan;
  • kuchli degradatsiyalangan;
  • o‘ta kuchli degradatsiyalangan.

 

Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab chiqiladi.

 

Majburiy ko‘rsatma 3 ish kunida tegishli masʼul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика