1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi yo‘lga noqonuniy to‘siq o‘rnatganlar jazolanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 17 dekabr kungi majlisida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Endi yo‘lga noqonuniy to‘siq o‘rnatganlar jazolanadi

Qonun loyihasi bilan trotuarlar, piyoda va velosiped yo‘lkalari hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlarda avtotransport vositalarini yurgizishning (bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno) oldini olishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.

 

Aholi tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlarni va boshqa qurilmalarni o‘rnatish holatlariga chek qo‘yish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.

 

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi nomi va birinchi dispozitsiyasiga o‘zgartirish kiritilib, haydovchilarning transport vositalarida trotuar, velosiped va piyodalar yo‘laklarida, yashil maydonlarda harakatlangani uchun javobgarlik belgilanmoqda.

 

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasining nomi va birinchi qismi dispozitsiyasiga o‘zgartirish kiritilib, yo‘llarda noqonuniy to‘siqlar o‘rnatganlik, to‘sib qo‘yganlik, yo‘l harakati ishtirokchilariga to‘sqinlik qiluvchi boshqa qurilmalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика