1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi yoshlar mahalladagi nuroniylarga biriktiriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Endi yoshlar mahalladagi nuroniylarga biriktiriladi

 

Bugun, 11 mart kuni “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar bermoqda.

 

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 apreldan “Nuroniy” jamg‘armasiga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.

 

“Bir nuroniy o‘n yoshga masʼul” tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi.

 

“Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida muammoli oilalarning har biriga “Keksalar maslahati” guruhlarining bir nafardan aʼzolari biriktiriladi.

 

“Bir nuroniy o‘n yoshga masʼul” tamoyili hamda “Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib borish tizimi joriy etiladi.

 

Mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlari har chorakda BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantirib boriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика