Vazirlar Маҳкамасининг 25.03.2023 yildagi 131-son qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2018 yil 1 dekabrdagi 975-son VMQ qarori bilan tasdiqlangan).
Xususan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:
transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilgani aniqlangan hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar algoritmi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 28.03.2023 yildan kuchga kirdi.


