Joriy yil 1-yanvardan bir qator xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilandi.
Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (Ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshiriladi.
Xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravarini (270 ming so‘m) tashkil etadi. Buning narxi avval BHMning 1,2 baravari miqdorida edi.
Xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati joriy etilgan Davlat xizmatlari markazlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.


