1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Endilikda ish beruvchi xodimlarining emlanish jarayonini o‘z bo‘yniga oladi

Asosiy ko‘rsatkich 90 foizga yetishi kerak.

Endilikda ish beruvchi xodimlarining emlanish jarayonini o‘z bo‘yniga oladi

 

Vaksina olmagan yoki COVID-19‘ga qarshi buster doza bilan emlanishni rad etgan xodimlar ishdan chetlashtiriladi.

 

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga ko‘ra, ish beruvchilarga qo‘l ostidagi ishchi-xizmatchilarning koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik, shu jumladan, buster doza bilan emlanish darajasi 90 foizdan kam bo‘lmasligiga erishish majburiyati yuklatildi.

 

Shuningdek, davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlar xodimlarining koronavirus infeksiyasiga qarshi, shu jumladan, buster doza bilan emlanmaganligi aniqlanganda, ular vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi

.

Xodim koronavirus infeksiyasiga qarshi buster doza bilan emlanishni rad etganda, ish beruvchi tomonidan uning vaqtincha ishdan chetlashtirilishini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qatʼiy nazoratga oladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroqvaksina olmagan xodimlar ishdan chetlatilishi  haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика