1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endilikda Oʻzbekistonda universitetga kirishda B1 darajali sertifikatga ham imtiyoz beriladi

Chet tili 1-fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga B1 darajadagi sertifikat asosida qabul amalga oshiriladi.

Endilikda Oʻzbekistonda universitetga kirishda B1 darajali sertifikatga ham imtiyoz beriladi

 

Hukumatning tegishli qarori bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul endilikda chet tilini bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonida sertifikatga ega abituriyentlarga quyidagi tartibda ball beriladi:

  • B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
  • B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan to‘liq maksimal ball beriladi.

 

Ma’lumot uchun, ilgari mazkur ta’lim yo‘nalishlariga qabul faqat kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика