
Mazkur qonunda sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (sug‘urta tashkilotlari, sug‘urta brokerlari, adjasterlar, assistanslar, aktuariylar, syurveyerlar) huquq va majburiyatlari aniq belgilandi .
Qolaversa, sug‘urta shartnomalarini elektron tarzda internet orqali tuzish jarayoni qonun bilan mustahkamlanadi. Yana bir muhim jihatlardan biri, qonun bilan endilikda, sug‘urta shartnomalarining faqat davlat tilida tuzilishi belgilanmoqda.
Umuman olganda, qonun sohadagi ko‘plab vazifalarni hal etishga qaratilmoqda. Jumladan, ushbu qonun bilan sug‘urta bozori professional ishtirokchilari faoliyatini jonlantirish, shuningdek, umumiy sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining rolini oshirish orqali sug‘urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish, sug‘urta xizmatlari isteʼmolchilari va sug‘urta faoliyatining boshqa subyektlari huquqlari himoyasini mustahkamlash, aholining bu boradagi savodxonligi va ishonchini oshirish, sug‘urta bozorining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash kabi masalalar kamrab olingan.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik va qo‘mitalarning aloqa operatorlari asosan rusiy zabonda so‘zlashi haqida yozgandik .
Bahriniso MADUMAROVA


