Fransiya energetik o‘tish vaziri Anyes Panye-Ryunashe elektr quvvatini tejash maqsadida idora binolarini 4 kunga yopishga qaror qildi.
Vazirlikka tegishli binolar 30 dekabrdan 2 yanvargacha ishlamaydi. Bu vaqtda binolar isitish tizimi o‘chiriladi, xodimlar esa masofadan ishlashga o‘tadi.
Fransiya energetik xavfsizlik kengashi fransuzlardan sentyabr oyidayoq elektr quvvatini qattiq tejash rejimiga o‘tishga chaqirgan edi.
Bundan tashqari, Fransiya energo tarmoqlar operatori 2023 yil yanvarida elektr energiyasi yetkazib berilishida uzilishlar bo‘lishi mumkinligini eʼlon qilgan edi.


