1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan “og‘ir” mahallalarga 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi

Prezident ish o‘rni va daromadni oshirish bo‘yicha samarali ishlagan 100 ta mahallani moliyaviy rag‘batlantirish bo'yicha topshiriq berdi.

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan “og‘ir” mahallalarga 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi

 


O‘zbekistonda ish o‘rinlari va aholi daromadini ko‘paytirishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 100 ta “og‘ir” mahallaga 1 milliard so‘mdan mablag‘ beriladi. Bu haqda Prezident raisligida 23-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, ushbu chora mahallalardagi iqtisodiy faollikni yanada kuchaytirishga qaratilgan.


Yig‘ilishda hokim yordamchilarini “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashga o‘qitish tizimini joriy etish topshirildi. Bu jarayon avvalo “og‘ir” mahallalardan boshlanadi. Har bir tuman kesimida aniq loyihalar portfeli shakllantirilib, mahallalarda mikro va kichik biznes tashabbuslarini amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beriladi.


Shuningdek, “og‘ir” mahallalardagi bo‘sh yerlar va davlat obyektlarining boshlang‘ich narxini 2–3 barobarga pasaytirib, ularni sotuvga chiqarish belgilandi. Eng faol 100 ta mahalladagi hokim yordamchilari esa Xitoy, Turkiya, Koreya va Malayziya kabi davlatlarga bir oylik malaka oshirish kurslariga yuboriladi.


Prezident hokim yordamchilari so‘nggi paytda tashabbuskorlarni topish va mahallalarda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yetarli tajriba to‘plaganini qayd etdi. Endilikda ular o‘z faoliyatini to‘liq “loyihaviy yondashuv” asosida olib boradi. Shuningdek, poytaxtda sinovdan o‘tgan “Mahalla yettiligi” tajribasi barcha tuman va shaharlarda joriy etiladi, mahalla tizimidagi asosiy lavozimlar tuman hokimi tomonidan tayinlanishi va ozod etilishi belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика