1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Eng yaxshi tarbiyachi 12 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi

Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” tanlovi o'tkazildi.

Eng yaxshi tarbiyachi 12 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tanlov g‘oliblari oltita nominatsiya “Eng yaxshi metodist”, “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi maʼnaviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” bo‘yicha aniqlandi.

 

Respublika bosqichi ishtirokchilari 3 ta shart asosida bellashdi.

 

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar hamda quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

I o‘rin - 12 mln. so‘m;

II o‘rin - 8 mln. so‘m;

III o‘rin - 5 mln. so‘m.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика