Xonanda bir kun oldin pnevmoniyaning og‘ir darajasi tufayli uzoq taʼtilga chiqdi. Boz ustiga, Enrike Meksikadagi festivalda chiqish qilishi kerak edi, biroq u o‘z chiqishlarini boshlanishiga bir necha soat qolganida bekor qilishga majbur bo‘ldi.
“Mening bugungi Meksikadagi namoyishim bekor qilinishi kerak edi. Menga pnevmoniya tashxisi qo‘yildi, shifokorlar to‘liq dam olishni talab qilishdi, menga parvoz qilish taqiqlandi. Men uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan mamlakatda namoyishlarimni bekor qilganimdan juda afsusdaman”, — dedi xonanda.


